Ayni kunlarda yurtimiz bo’ylab Mustaqilligimizning 35 yilligiga bag’ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazilmoqda. O’zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Jizzax viloyat bo’limi hamda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo’limi hamkorligida o’tkazilgan “Mustaqillik – so’z erkinligi va ochiq jamiyat kafolati” mavzusidagi tadbir fikrimiz isboti.
Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot kutubxona markazida tashkil etilgan mazkur tadbirda jurnalistlar, ommaviy axborot vositalari vakillari, uyushma a’zolari, yozuvchi va shoirlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida ta’kidlanganidek, so’z erkinligi —haqiqatni xolis va adolatli yetkazish mas’uliyatidir. Jurnalist va yozuvchi qalami jamiyatdagi muammolarni yoritish bilan birga, ezgu tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash, inson qadrini ulug’lash, xalq va davlat o’rtasida ishonchli muloqotni ta’minlashdek yuksak vazifani ham bajaradi. Bugun viloyatimizda ham qalam ahli uchun ana shunday ijodiy muloqotlar, fikr va tajriba almashish maydonlari kengayib bormoqda. Bu esa mustaqillik bergan eng katta ne’matlardan biri — erkin fikr, ijod va tashabbus uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.
Tadbirda adabiyot va jurnalistikaning mushtarak jihatlari ham alohida e’tirof etildi. Aslida, jurnalistning qalami bilan adibning qalami bir maqsadga — insonni uyg’otish, uni ezgulikka chorlash, jamiyatni taraqqiyot sari yetaklashga xizmat qiladi. Biri voqelikni tezkor yoritsa, biri uning ma’naviy qiyofasini badiiy so’z orqali aks ettiradi. Shu bois jurnalistika va adabiyot o’rtasidagi hamkorlik — ma’naviy muhitni boyituvchi muhim omil sifatida namoyon bo’ladi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan jurnalistika sohasini yanada rivojlantirish, yosh jurnalistlarni qo’llab-quvvatlash, ijodkorlar o’rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan taklif va mulohazalar bildirildi.
Комментарии
Категориялар
Обуна бўлинг!
Тасодифий

Франциялик машҳур актёр вафот этди

Дўстликда "Китобхонлик ҳафталиги"

Бахмалда бир гуруҳ журналистлар








