Қизиқарли:
Янгиликлар

“Oltin qalam” sovrindorlari safida jizzaxliklar ham bor

Поделиться:

- Garchi tahririyatimiz tashkil etilganligiga ko’p yillar bo’lgan bo’lsada, hali jurnalistlar uchun yuksak e’tirof bo’lgan bu mukofotni qo’lga kiritmagandi, - deydi gazeta bosh muharriri Said Donishev. Lekin ko’p marta materillar topshirganmiz. Ochig’i hamkasblarimizdan ayrimlari bu yil xujjat topshirmasakchi degan fikrlar, ishonchsizlik ham bo’lgan edi. Qilingan mehnat baribir qadr topadi deb, ularga shijoat berishga harakat qilib, milliy qadriyatlarimiz aks etgan bir nechta maqolalarimizni jo’natdik va mana natija yomon bo’lmadi. Bu tahririyatda jud ko’p ustoz jurnalistlar faoliyat yuritgan. Ular davrida bunday mukofotlar bo’lmagan, ammo bo’lganda bu mukofotlardan o’ntasini qo’lga kiritishga salohiyati yetgan. Ana shunday ustozlarning hotirasi uchun ham, ularning yuzini yerga qaratmaslik uchun ham biz astoyidil harakat qildik. “Jizzax ovozi” gazetasi 1932 yilda faoliyatini boshlagan bo’lsa, bu vaqt mobaynida juda ko’p yosh ijodkorlar, hozirgi adabiyotimizning zabardast vakillariga oq yo’l tilagan. Ular o’zlarining ilk ijod namunalarini aynan shu nashrda e’lon qilishgan. Yana bir ma’lumot ko’pchilikka yaxshi ma’lum emas, sobiq O’zbekiston raxbarlaridan biri, Jizzax elining farzandi Sharof Rashidov ham o’zining ilk mehnat faoliyatini aynan shu tahririyatdan boshlagan. Mana shunday ulug’ insonlar mehnati singgan dargohda bundan keyin ham katta shijoat bilan mehnat qilishda, ijod qilishda davom etamiz va bunday mukofotlardan yana ko’plarini qo’lga kiritishga harakat qilamiz.