«Global fuqarolik, uning ahamiyatini tushunishga ko‘maklashish va bu sohadagi ko‘nikmalarni rivojlantirish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘ngillilar materiallari orqali mazkur mavzuni targ‘ib qilish» mavzuida o‘tkazilgan treningda oliygohda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar ishtirok etdi.
Seminarda millatlararo va dinlararo bag‘rikenglik g‘oyalarini ilgari surish va jamiyatda madaniy xilma-xillikni yanada rivojlantirish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardagi axborot ishlari yordamida mamlakatda tinchlik va barqarorlikni saqlashga faol ta’sir o‘tkazish kabi tushunchalar bo‘yicha ma’lumot berildi. Ijtimoiy tarmoqlarda ishonchli materiallar orqali fuqarolarni buzg‘unchilik faoliyatiga jalb qilinishining oldini olish, nizolar va kamsitilishlarning paydo bo‘lishiga qarshi xabardor qilish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tildi.
Seminar davomida pedagoglarning dars jarayonlarida mavzuni tinglovchilarga yetkazib berishda e’tibor qaratadigan jihatlar haqida ham so‘z bordi.
Trening yakunida ishtirokchilar va trenneng tashkilotchilari tomonidan savol javoblar o‘tkazildi.
Seminar-trening Jizzax viloyat Jurnalistlar uyushmasi hamda Jizzax davlat pedagogika instituti axborot xizmati hamkorligida tashkillashtirildi.